Toshkentda issiq suv ta’minotida rejali uzilishlar bo‘ladi

Toshkentda issiq suv ta’minotida rejali uzilishlar bo‘ladi
  • 2
  • 09.09.2026 12:20:00
  • 1 min read

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda rejali ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli sentabr va oktabr oylarida ayrim hududlarda issiq suv 5 kunga vaqtincha o‘chiriladi.
Veolia Energy ma’lumotlariga ko‘ra, issiq suv ta’minoti quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich to‘xtatiladi:

🔹14–18 sentabr — Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur va Sergeli tumanlarining ayrim hududlari;
🔹21–25 sentabr — Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlari;
🔹28-sentabr – 2-oktabr — Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlari;
🔹5–9 oktabr — Mirobod, Yashnobod, Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlarining ayrim hududlari;
🔹12–16 oktabr — Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlari.

Shuningdek, ayrim lokal qozonxonalarda ta’mirlash ishlari sababli issiq suv ta’minotida qo‘shimcha vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. To‘liq manzillar bo‘yicha o‘chirish jadvali Veolia Energy tomonidan e’lon qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News