Saida Mirziyoyeva Buxorodagi loyihalar ijrosi bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi loyihalar ijrosi bilan tanishdi
  • 2
  • 21.08.2026 13:13:00
  • 1 min read

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoroga tashrif buyurib, hududda belgilangan rejalar va amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi bilan tanishdi. Tashrif davomida “Jo‘yzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirilgani, yana 10 kilometrida esa ishlar davom etayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, hududda baliqchilik xo‘jaligi ishga tushirilib, “Shayxoncha” mahallasida 240 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilgan.
Saida Mirziyoyeva uchrashuvda turizm yo‘nalishidagi yangi loyihalar, jumladan, “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinida mehmonxonalar va turizm klasterlarini tashkil etish masalalarini ham muhokama qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News