
- 0
- 03.08.2026 17:11:00
- 1 min read
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mushuklar aks etgan videoni ulashib, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun javobgarlik kuchaytirilganini eslatdi.
Uning qayd etishicha, 28-iyundan boshlab bunday qilmishlar uchun ma'muriy jarimalar ikki baravar oshirilgan. Bundan tashqari, huquqbuzarlarga 15 sutkagacha ma'muriy qamoq qo‘llanishi, qilmishni takror sodir etganlar esa jinoiy javobgarlikka, jumladan, ozodlikdan mahrum etilishigacha bo‘lgan jazoga tortilishi mumkin.
Saida Mirziyoyeva bunday qonunlar nafaqat aybdorlarni jazolash, balki jamiyatda hayotga hurmat va zo‘ravonlikka murosasizlik muhitini shakllantirishga xizmat qilishini aytdi. Shuningdek, u bolalarni o‘zgalar hayotiga hurmat ruhida tarbiyalashda ota-onalarning o‘rni beqiyos ekanini qayd etib, “Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor”, deya ta’kidladi.