
- 8
- 15.10.2026 18:38:00
- 1 min read
Bugun, 15-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Saida Mirziyoyeva uchrashuv davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini Erdo‘g‘anga yetkazganini bildirdi. Uning qayd etishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik natijalari hamda ikki davlat aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilingan.
Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidentiga samimiy qabul, O‘zbekistonga qaratilayotgan alohida e’tibor va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.