
- 5
- 26.08.2026 17:34:00
- 1 min read
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoyda mamlakat Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat chogʻida ikki davlat rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlar muhokama qilingan. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

"Biz Xitoy tomonining qoʻllab-quvvatlashini hamda transport, savdo, taʼlim va madaniyat yoʻnalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda roʻyobga chiqarishga boʻlgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar koʻp, asosiy vazifa esa – ularni izchil hayotga tatbiq etishdir.
Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman”, – deb yozgan Saida Mirziyoyeva oʻz Telegram-kanalida.