Saida Mirziyoyeva: “Yaqin kelajakda har bir o‘qituvchi munosib maosh oladi”

Saida Mirziyoyeva: “Yaqin kelajakda har bir o‘qituvchi munosib maosh oladi”
  • 2
  • 02.10.2025 07:41:00
  • 1 min read

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘qituvchi va murabbiylarga kasb bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
U o‘qituvchilarning fidoyiligi uchun minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda pedagoglar hayotini yengillashtirish uchun qator qarorlar qabul qilinganini ta’kidladi. Jumladan, imtiyozli ipoteka va ta’lim kreditlari, farzandlarni OTMga qabulda qo‘llab-quvvatlash, arzonlashtirilgan aviachiptalar hamda davlat xizmatlari to‘lovlarini kamaytirish kabi imkoniyatlar yaratildi. Sertifikatli o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama berilishi belgilangan.
Shuningdek, Mirziyoyeva yaqin kelajakda har bir o‘qituvchi munosib maosh olishini va bu kasbning obro‘si yanada ortishini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News