
- 4
- 25.09.2026 11:42:00
- 1 min read
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, muzokaralarning borishi hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida katta masofani bosib o‘tganini ta’kidlab, bundan keyin ham ish sur’atini pasaytirmasdan, boshlangan jarayonni yakuniga yetkazish muhimligini qayd etdi.
Shuningdek, u JST bosh direktoriga O‘zbekistonni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini ko‘rsatayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun 1994-yilda ariza topshirgan. 2020-yildan boshlab esa mamlakat a’zolik shartlari bo‘yicha faol muzokaralarni qayta jadallashtirdi. 2025-yil noyabrida JST O‘zbekistonning a’zolik muzokaralarini yakunlash yo‘lida barqaror taraqqiyotga erishayotganini qayd etgan.