
- 2
- 07.10.2025 12:36:00
- 1 min read
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 2-oktabr kuni Qoraqalpog‘istonda start olgan “Salomatlik marafoni” jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Marafon doirasida 12 mingdan ortiq fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ulardan 1 700 nafari chuqur tekshiruvdan o‘tgan, 116 kishi davolanishga yo‘naltirilgan. Tadbirda sun’iy intellekt asosidagi tibbiy yechimlar – AI TOP-3 CDSS, MuxlisaMED AI va AI Mammo joriy etilmoqda.
Shuningdek, “Oilaviy salomatlik maktabi” va “Salomatlik volontyorlari” loyihalari ishga tushirildi. MArafon 31-oktabrgacha davom etadi.