Rus Rayan Goslingi

Rus Rayan Goslingi
  • 21
  • 19.02.2025 09:10:00
  • 1 min read

🔸Yura Borisovni “Anora” filmiga taklif qilgan rejissyor Shon Beyker uni “rus Rayan Goslingi” deb atagan. “Associated Press” Yuradan bunday taqqoslash haqida qanday fikrda ekanligini so‘radi. Bunga javoban aktyor kulib yubordi va u bunday atalishiga nima sabab bo‘lganini tushunmasligini ta’kidladi.

“Men Rayan Goslingni yaxshi ko‘raman va u bilan bir kun kelin ishlashni xohlayman. U juda ajoyib o‘ynaydi. Lekin Shon nimani nazarda tutayotganini bilmayman”, dedi Borisov.

Yura Borisov 2021-yilda “6-kupe” filmi chiqqanidan keyin xorijda shuhrat qozondi va “Anora” filmidagi ishtiroki uni jahon miqyosidagi yulduzga aylantirdi. U “Oskar”ga nomzod bo‘lgan birinchi rossiyalik aktyor hisoblanadi.

❓Sizningcha bu taqqoslash qanchalik haqiqatga yaqin?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News