Yangi Jeyms Bondning gonorari 100 million dollarga yaqinlaşmoqda

Yangi Jeyms Bondning gonorari 100 million dollarga yaqinlaşmoqda
  • 8
  • 20.11.2026 11:37:00
  • 1 min read

Britaniyalik aktyor Robert Pattinson yangi Jeyms Bond filmida suratga tuşiş uçun ötkazilgan kinosinovning özidayoq 1 million dollar gonorar olgani xabar qilindi. Aktyorning Agent 007 obrazini gavdalantiriş orqali umumiy daromadi qariyb 100 million dollarga yetişi mumkin.
The Kino Mail naşrining yozişiça, Amazon MGM Studios bilan uç yillik hamkorlik doirasida Pattinson 76 million dollardan 98 million dollargaça daromad olişi kutilmoqda. Biroq kinosinov uçun tölangan gonorar va şartnomaning moliyaviy tafsilotlari hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Ma'lumotlarga köra, dastlab film ijodkorlari Jeyms Bond roliga unçalik taniqli bölmagan aktyorni jalb qilişni rejalaştirgan. Keyinçalik esa tanlov Robert Pattinson foydasiga hal bölgan.
Aktyorning uşbu rolga tanlanişida Amazon asosçisi Jeff Bezosning rafiqasi Loren Sançes ham muhim ta'sir körsatgani aytilmoqda. Xabarlarga köra, u Pattinsonning kinosinovdagi ijrosidan katta taassurot olgan. Biroq uning aktyor tanloviga qay darajada ta'sir körsatgani rasman tasdiqlanmagan.
Yangi Bond roli uçun kinosinovlar oktyabr oyi oxirida ötkazilgan. Unda Pattinson bilan bir qatorda Nikolas Xolt ham iştirok etgan. Şuningdek, Kallum Tyorner, Joş ÖKonnor va Jek Lauden kabi aktyorlar ham ehtimoliy nomzodlar qatorida bölgan.
16-noyabr kuni Amazon MGM Studios Robert Pattinson yangi Jeyms Bond rolini ijro etişini rasman e’lon qildi.
40 yoşli aktyor şu tariqa maşhur josus obrazini katta ekranda gavdalantiradigan yettinçi aktyorga aylanadi. U bu rolda Deniel Kreygning örnini egallaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News