Rossiya harbiylari qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazish uchun O‘zbekistonga keldi

Rossiya harbiylari qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazish uchun O‘zbekistonga keldi
  • 14
  • 20.10.2026 13:47:00
  • 1 min read

Rossiya harbiylari “Hamkorlik-2026” qo‘shma taktik mashg‘ulotlarida qatnashish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmatiga tayanib “TASS” xabar berdi.
Rossiyaliklar mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Tojikiston hamda O‘zbekistonning tog‘li hududlari bo‘ylab 300 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan. Ular o‘zlari bilan Tojikistonda joylashgan 201-gvardiya harbiy bazasidan “BTR-82A” zirhli transport vositalari, “Ural” yuk mashinalari va “KamAZ” bazasidagi maxsus texnikalarni olib kelishgan.
“Hamkorlik-2026” qo‘shma mashg‘ulotlari 20–27-oktabr kunlari Surxondaryodagi poligonda o‘tkaziladi. Unda ikki davlat harbiylari chegara hududlarida shartli noqonuniy qurolli tuzilmalarning kichik guruhlarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni mashq qiladi. Mashg‘ulotlarga tog‘ va shturm bo‘linmalari, razvedka hamda zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari, yerusti robotlashtirilgan majmualari va “Mi-24” vertolyotlari jalb etiladi.

#casia #news #Rossiya #Uzbekistan

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News