
- 2
- 24.08.2026 11:46:00
- 1 min read
Rossiyada ayollar kiyimida yurgan ikki nafar Tojikiston fuqarosi “LGBT targ‘iboti”da ayblanib, mamlakatdan deportatsiya qilinadi.
Moskvaning Lyublin sudi Hasanjon Rahimov va Yorg‘ibegi Saizodani 10 sutkaga qamoqqa olish va Rossiyadan chiqarib yuborish haqida qaror chiqardi. Ular 18-avgust kuni “Sadovod” bozorida qo‘lga olingan. Politsiya migrantlar “Tanlov erkinligi” yozuvi tushirilgan ayollar kiyimida bo‘lganini bildirgan.
Huquq-tartibot idoralari ularni “noan’anaviy jinsiy munosabatlarning jozibadorligini namoyish etish”da ayblagan. Sudda Rahimovning bir, Saizodaning esa to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi borligi ma’lum bo‘lgan.