Robotlar yangi “hayot” boshladi

Robotlar yangi “hayot” boshladi
  • 4
  • 04.11.2025 11:31:00
  • 1 min read

Texnologiya olami tobora hayotiy ko‘rinish olayapti. Sun’iy ong endi nafaqat so‘zlashni, balki oddiy insoniy harakatlarni ham o‘rganmoqda.

Masalan, yaqinda sinovdan o‘tkazilgan robot tuxum qovurishga urindi, biroq qovurilgan tuxumni isrof qilishdan naryog‘iga o‘tolmadi.  Keyin esa oynani eshik deb o‘ylab, unga borib urildi. Muhandislar buni “o‘rganish bosqichi” deb atashmoqda — ammo tomoshabinlar uchun bu haqiqiy komediya bo‘ldi. 
Xitoyda esa robot it haqiqiy itni sayrga olib chiqdi. Boshqalari esa yong‘in o‘chiruvchilar bilan birga xizmatga chiqmoqda. Bu temir “do‘stlar” 200 kilogacha yuk ko‘taradi va xavfli joylarga odam o‘rniga kiradi. 
Ammo eng diqqatga sazovor yangilik — uy ishlari uchun mo‘ljallangan NEO nomli yangi gumanoyd robot. U nafaqat tozalaydi, balki suhbatlashadi, hazil qiladi va bolalarga ertak aytadi! Narxi esa oyiga 500 dollar yoki 20 ming dollarga to‘liq sotib olish mumkin.
Mutaxassislar aytishicha, bu texnologiyalar yaqin 5–10 yil ichida oddiy holga aylanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News