
- 2
- 04.09.2026 19:59:00
- 1 min read
Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasida sun’iy hovuz o‘rnatilib, unda turli baliqlar, jumladan, akula boqilayotgani aniqlandi.
Farg‘ona ko‘chasidagi 78-uyda o‘tkazilgan monitoringda 78/17-xonadon egasi yerto‘lada tegishli talablarga zid ravishda sun’iy hovuz tashkil qilgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan fuqaroga ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, yerto‘lani 15 kun ichida bo‘shatib, avvalgi holatiga keltirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Bundan tashqari, ichimlik suvidan o‘zboshimchalik bilan foydalanilgani yuzasidan ham bayonnoma rasmiylashtirilgan.