
- 1
- 15.08.2026 15:27:00
- 1 min read
Toshkentdagi yong‘inda fuqarolarni qutqargan qutqaruvchi halok bo‘ldi
15-avgust kuni Toshkentning Uchtepa tumanidagi “Quyi Darxon” mahallasida xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Voqea joyiga yetib kelgan FVV qutqaruvchilari yong‘inni bartaraf etish bilan birga, xonadondagi fuqarolarni xavfsiz hududga olib chiqdi.
Qutqaruv ishlari vaqtida FVV Maxsus qutqaruv batalyoni guruhi komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev jasorat ko‘rsatib, fuqarolarning hayotini saqlab qolgan. Biroq yong‘inni o‘chirish jarayonida u halok bo‘lgan.