
- 0
- 03.06.2025 09:54:00
- 1 min read
Tarvuz-qovundan zaharlanib vafot etayotganlar haqida xabarlar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarvuz va qovun iste’moli oqibatida odamlar vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanepidqo‘mita bu xabarlar asossiz ekanini bildirdi. Hozircha bunday o‘lim holatlari qayd etilmagan. Ammo poliz mahsulotlarini noto‘g‘ri iste’mol qilish oshqozon-ichak muammolariga olib kelishi mumkin.
Qo‘mita aholiga quyidagi tavsiyalarni berdi:
🔹faqat ruxsat etilgan (savdo rastalari, bozor hududi, savdo majmualari) joylardan poliz mahsulotlarini xarid qilish;
🔹poliz mahsulotlarni xarid qilish jarayonida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tganligiga e’tibor qaratish;
🔹katta (magistral) yo‘l yoqalari, aholi yashash mavzelarida sotilayotgan poliz mahsulotlari laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tmagan bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak.