
- 2
- 05.06.2025 12:41:00
- 1 min read
⚡️2025–2026 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi5-iyundan oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabidan tashqari) abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Qabul “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga asoslanadi. Kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.
Qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: 5–25 iyun oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tiladi. Bu bosqichda test fanlari, ta’lim tili, hududi va agar mavjud bo‘lsa, kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan OTM tanlanadi.
2-bosqich: Testlar yakunlangach, abituriyentlar 15 kun ichida OTM, yo‘nalish va ta’lim shaklini tanlaydi. Tanlov qilinmagan abituriyent yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.
Professional ta’lim muassasalari uchun: OTMlarga qabul natijalari chiqqanidan so‘ng 10 kun ichida kasb, mutaxassislik va ta’lim shakli tanlanadi.