Ayollar uchun eng xavfsiz va xavfli mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Ayollar uchun eng xavfsiz va xavfli mamlakatlar reytingi e’lon qilindi
  • 1
  • 19.08.2026 21:21:00
  • 1 min read

Georgetown Institute for Women, Peace and Security hamda Oslo Peace Research Institute tomonidan tuzilgan 2025–2026-yilgi indeksda 181 ta davlat ayollar uchun yashash sharoiti bo‘yicha baholandi. Reyting ta’lim va bandlik, huquqiy himoya, siyosiy ishtirok, moliyaviy imkoniyatlar, zo‘ravonlik va xavfsizlik kabi 13 ta ko‘rsatkich asosida tuzilgan.



Ayollar uchun eng qulay davlatlar:

🇩🇰Daniya — 0,939 ball
🇮🇸Islandiya — 0,932
🇳🇴Norvegiya — 0,924
🇸🇪Shvetsiya — 0,924
🇫🇮Finlyandiya — 0,921

Reytingning eng quyi pog‘onalarini Afg‘oniston, Yaman, Markaziy Afrika Respublikasi, Suriya va Sudan egallagan. Afg‘oniston 0,279 ball bilan 181-o‘rinda qayd etilgan.

Markaziy Osiyoda:

🇰🇿Qozog‘iston — 72-o‘rin
🇹🇲Turkmaniston — 74-o‘rin
🇰🇬Qirg‘iziston — 84-o‘rin
🇹🇯Tojikiston — 89-o‘rin
🇺🇿O‘zbekiston — 98-o‘rin



O‘zbekiston 0,674 ball to‘plagan. Mamlakatda ayollarning bandlik darajasi 44,7 foiz, parlamentdagi ayollar ulushi esa 34 foizni tashkil etadi. Shuningdek, O‘zbekiston ayollar uchun xavfsizlik va huquqiy himoya ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham baholangan.
Hisobotga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha qariyb 676 million ayol qurolli mojarolar ta’sirida qolgan. Bu 2010-yilga nisbatan 74 foizga ko‘p.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News