🧳 Yolg‘iz sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar reytingi e’lon qilindi

🧳 Yolg‘iz sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar reytingi e’lon qilindi
  • 2
  • 29.08.2026 10:48:00
  • 1 min read

“Much Better Adventures” xalqaro sayohat platformasi 2026-yilda yolg‘iz sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar reytingini e’lon qildi. 

26 ta davlat kiritilgan reytingda Qirg‘iziston 1-o‘rin, Italiya 2-o‘rin, Yaponiya 3-o‘rin, Portugaliya 4-o‘rin, O‘zbekiston 5-o‘rinni egallagan.

Ekspertlar O‘zbekistonning Samarqand va Buxoro kabi qadimiy shaharlari, tog‘li hududlari, piyoda sayohat yo‘nalishlari va rivojlangan turistik infratuzilmasini alohida e’tirof etgan.

Reytingni tuzishda xavfsizlik, sayohat xarajatlari, kirish talablari, piyoda yurish imkoniyatlari, sayyohlar fikrlari va yakka sayohatlar bo‘yicha bron qilish tendensiyalari hisobga olingan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News