
- 3
- 19.10.2026 14:10:00
- 1 min read
Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari ma’lumotiga ko‘ra, 2027-yilda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda.
Qozog‘iston taqvimiga ko‘ra, Ramazon hayiti 9-martda, Qurbon hayiti esa 16–18-may kunlari nishonlanadi. Qadr kechasi 5-martdan 6-martga o‘tar kechaga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda esa Ramazon oyining boshlanish sanasi hozircha rasman e’lon qilinmagan. Sana yangi oyning paydo bo‘lishini kuzatish natijalariga qarab bir kunga o‘zgarishi mumkin.
#casia #news #ramazon