Qumqo‘rg‘on hokimining tezak qilish haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilingani aytildi

Qumqo‘rg‘on hokimining tezak qilish haqidagi so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilingani aytildi
  • 1
  • 17.10.2025 13:58:00
  • 1 min read

Kecha, 16-oktabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov majlisda “hech kim tezak qilmay qo‘ydi” degani aks etgan video tarqalib, keng muhokama qilindi. Tuman hokimligi matbuot kotibi Akrom Norboyevning ma’lumot berishicha, tarqalayotgan video kesib olingan va qayta ishlangan, shuning uchun so‘zlar noto‘g‘ri talqin qilingan. Sessiyada aslida energiya resurslari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib, deputatlarga aholi va tadbirkorlarni tabiiy gaz va qish tayyorgarligi bo‘yicha targ‘ibot qilish vazifasi berilgan. Shuningdek, yangi qurilayotgan xo‘jaliklarni hukumat qarori bilan 8 yildan buyon tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish to‘xtatilgan bo‘lsa-da, aholi ulashni so‘rab hokimlikka murojaat qilmoqda. Hokimning gaplari tezak qilish va qishga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirish ma’nosida bo‘lgan, “gaz demanglar, baribir uning tagi yo‘q” degan ibora esa hukumat qarori bilan bog‘liq.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News