Jamoat joylarida nazorat kuchaytiriladi

Jamoat joylarida nazorat kuchaytiriladi
  • 3
  • 15.10.2025 15:26:00
  • 1 min read

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya jamoat joylarida giyohvandlik vositalari aylanmasiga qarshi nazoratni kuchaytirish uchun xizmat itlaridan foydalanishni boshladi. Dastlab Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida patrullar tajriba tariqasida ishga tushirildi. Toshkentda Kinologiya bo‘limi xodimlari Tashkent City Mall, City Park, Dream Park va Magic City hududlarida xizmat olib bormoqda. Xizmat itlari jinoyatlarning oldini olish, hujum va qochish holatlarining oldini olishda qo‘llanadi. Ularning patrul vaqti issiqda yoki sovuqda 4 soatdan oshmasligi belgilangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News