
- 1
- 20.10.2025 15:04:00
- 1 min read
AQSHning barcha 50 shtatida prezident Donald Tramp siyosatiga qarshi “No Kings” (“Qirol yo‘q”) shiori ostida ommaviy namoyishlar o‘tkazildi. Ayrim shaharlarda norozilik aksiyalari politsiya bilan to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari ko‘z yoshlantiruvchi gaz va bo‘yoqli qurollardan foydalandi. Tramp namoyishlarga javoban ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan video joyladi. Unda u jangovar samolyotda uchib, ostida turgan namoyishchilarga “loy sachratayotgani” tasvirlangan. Shuningdek, vitse-prezident Jey Di Vens ham Tramp toj kiyib turgan, demokratlar esa uning oldida tiz cho‘kkanini aks ettirgan videoni e’lon qildi. Namoyishlar “avtoritar boshqaruvga qarshi” harakat sifatida baholanmoqda.