- 0
- 24.02.2026 13:08:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida yoshlar bilan muloqotda oliy ta’lim rahbarlarini tanqid qilib, ularni bitiruvchilar bandligini ta’minlamagani uchun ogohlantirdi.
Davlat rahbari ta’kidlashicha, 157 ta oliygohdan faqat 12 tasi bitiruvchilarni tadbirkor qilgan. Bu borada ish olib bormagan rektorlar esa keskin tanqid qilindi:
“Qolgan rektorlar qayerga qarab o‘tiribdi? Nimaga oylik olyapti? Nimaga vijdoni bo‘lsa, 50 foiz oyligini kassaga topshirmaydi, davlatga? Vijdonimiz ham qolmadi”, dedi prezident.
Shuningdek, davlat rahbari nima muammolar bo‘lsa mutasaddilarga bugun aytishi kerakligini ta’kidladi.