
- 3
- 20.10.2026 10:00:00
- 1 min read
19-oktabr kuni kechqurun Toshkentning Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzildi.
Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, bunga Qibray tumanidagi “Aksa Toshkent” IES ochiq taqsimlash qurilmasiga havoda uchib kelgan shar tushishi sabab bo‘lgan. Natijada stansiyaning himoya tizimi ishga tushib, uning quvvati 460 MVtdan 185 MVtgacha kamaygan.
Tezkor choralar natijasida elektr ta’minoti soat 19:38 ga kelib to‘liq tiklangan. Vazirlik hodisa aks etgan videoni ham e’lon qilib, fuqarolarni elektr qurilmalari yaqinida havoga shar uchirmaslikka chaqirdi.