Xitoyda yo‘lovchi samolyotida poverbank yonib ketdi

Xitoyda yo‘lovchi samolyotida poverbank yonib ketdi
  • 0
  • 20.10.2025 14:59:00
  • 1 min read

Air China aviakompaniyasining Airbus A321 samolyotida parvoz vaqtida yong‘in chiqqani bildirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga yo‘lovchiga tegishli poverbankning yonib ketishi sabab bo‘lgan. Hodisa Xanchjou–Seul yo‘nalishidagi parvoz paytida, taxminan 10 kilometr balandlikda sodir bo‘lgan. Ekipaj samolyotni Shanxay–Pudun aeroportiga majburiy qo‘ndirgan, yong‘in esa qo‘nishdan avval o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News