
- 7
- 13.10.2026 15:41:00
- 1 min read
BMTning 2026-yilgi hisobotiga ko‘ra, dunyoda kambag‘allikdan aziyat chekayotganlar soni 1,2 milliard kishiga yetdi. Bu BMTning global kambag‘allik indeksi 2010-yilda joriy etilganidan beri ilk bor oshishidir.
BMT Taraqqiyot dasturi va Oksford tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ta qashshoqlikda yashayotganlar soni 51,5 million kishiga ko‘paygan. Ularning yarmidan ko‘pi bolalardir. Biroq o‘sishga aholi sonining ortishi ham ta’sir ko‘rsatgan.
Kambag‘allik eng ko‘p Sahroyi Kabirdan janubdagi Afrika va Janubiy Osiyoda kuzatilmoqda. Shu bilan birga, so‘nggi 15 yil ichida 33 ta davlat kambag‘allik darajasini ikki barobarga kamaytirishga erishgan. Ular orasida Xitoy va Vyetnam ham bor.
Hisobotda kambag‘allik faqat daromad bilan emas, balki uy-joy, toza suv, sanitariya, elektr energiyasi, oziq-ovqat va ta’lim imkoniyatlarining yetishmasligi bilan ham baholangan.