Surxondaryodagi 3 yoshli qizning o‘limi ortidan profilaktika inspektori jazolandi

Surxondaryodagi 3 yoshli qizning o‘limi ortidan profilaktika inspektori jazolandi
  • 0
  • 17.10.2025 13:50:00
  • 1 min read

Joriy yil may oyida bozorda uch yoshli qizaloq ruhiy kasal ayol tomonidan pichoqlanib o‘ldirilgandi. Qizaloqning o‘limi ortidan  profilaktika inspektori jazolandi. Qizaloqni pichoqlagan ayol avval jinoyat sodir etganligi sababli majburiy ruhiy davolashga yuborilishi kerak edi, lekin profilaktika inspektori sud ajrimini ijro etmagan va ayol bozorda onasi bilan ketayotgan o‘ziga notanish qizaloqni sababsiz pichoqlab, o‘ldirgan. Sud qaroriga ko‘ra, A.R. mansabga sovuqqonlik bilan qarash orqali odam o‘limiga sabab bo‘lgan deb topildi va unga 2 yil 6 oy IIV tizimida xizmat qilish huquqidan mahrum qilish va 3 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News