
- 0
- 14.09.2026 12:17:00
- 1 min read
Turkiyaning Istanbul shahrida ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirib, jasadlarini bo‘laklarga ajratganlikda ayblangan Dilshod Turdimurodov va G‘ofurjon Kamolxo‘jayev sud hukmi bilan ikki martadan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Sud ularni “qasddan, vahshiylik yoki qiynoq bilan o‘ldirish” jinoyatida aybdor deb topdi. Shuningdek, marhumlarning o‘limidan foydalanib, uyda o‘g‘rilik qilgani uchun har biriga qo‘shimcha jazo tayinlandi.
Gap 36 yoshli Durdona Hakimova va 32 yoshli Sayyora Ergashaliyeva haqida bormoqda. Ular Istanbulning Umraniye tumanida o‘ldirilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchilar ayollar yashagan xonadonga kirgan va keyinchalik u yerdan qora chiqindi paketlari hamda oq chamadon olib chiqib ketgan. Ayollarning jasad bo‘laklari Istanbulning turli hududlaridagi chiqindi konteynerlaridan topilgan.
Sudlanuvchilar tergov va sud jarayonida qotilliklarda ishtirok etganini tan olgan.