
- 2
- 24.08.2026 16:41:00
- 1 min read
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida pensiya ta’minoti sohasida bitim imzolandi. Hujjat ikki davlatda ishlagan fuqarolarning pensiya huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Bitimga ko‘ra, fuqaroning O‘zbekiston va Ozarbayjonda orttirgan ish staji pensiya tayinlashda o‘zaro hisobga olinadi. Agar bir davlatdagi staj pensiya olish uchun yetarli bo‘lmasa, ikkinchi davlatda orttirilgan staj ham qo‘shib hisoblanadi. Bunda har bir davlat o‘z hududida orttirilgan stajga mos ravishda pensiyaning tegishli qismini tayinlaydi.
Shuningdek, fuqaro boshqa davlatga ko‘chib o‘tsa, tayinlangan pensiya kamaytirilmaydi, to‘xtatilmaydi yoki bekor qilinmaydi.
Bitim tegishli tartib-taomillar yakunlangach kuchga kiradi.