
- 0
- 14.10.2025 13:30:00
- 1 min read
13-oktabr kuni Sharm ash Shayxda Misr, Qatar, Turkiya va AQSH ishtirokida G‘azo bo‘yicha tinchlik bitimi imzolandi. AQSH prezidenti Donald Tramp bu voqeani “Yaqin Sharqda yangi davr tongi” deb atab, “Uchinchi jahon urushi bo‘lmaydi” dedi. Sulh doirasida HAMAS 20 nafar isroillik asirni ozod etdi, Isroil esa yuzlab falastinlik mahbuslarni vataniga qaytardi. G‘azoga insonparvarlik yordamini kiritish ishlari boshlangan.