
- 3
- 31.08.2026 13:45:00
- 1 min read
Shimoliy Kiprning Kireniya shahri sohillari yaqinida Turkiyaning Tashuju portiga yo‘l olgan yo‘lovchi paromi ag‘darilib, cho‘kib ketdi.
Hodisa vaqtida kemada 259 yo‘lovchi va 8 ekipaj a’zosi — jami 267 kishi bo‘lgan. Kema portdan chiqqanidan ko‘p o‘tmay suv ola boshlagan va keyin ag‘darilgan.
Qutqaruvchilar 240 dan ortiq kishini qutqargan, 8 kishi halok bo‘lgan. Bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.
Hodisa sababi hozircha aniqlanmagan. Qutqaruv ishlariga qirg‘oq qo‘riqlash kemalari, vertolyotlar va yaqin atrofdagi qayiqlar jalb qilingan.