Ozodbek Nazarbekov: “Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuchga aylanib qoldi”

Ozodbek Nazarbekov: “Moddiy manfaat hayotda hal qiluvchi kuchga aylanib qoldi”
  • 0
  • 16.10.2025 14:18:00
  • 1 min read

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Oʻzbekiston” telekanaliga bergan intervyusida bugungi kunda insonlar hayotida moddiy manfaat hal qiluvchi kuchga aylanganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda biron ishni moddiy foydasiz bajarish odatiy hol bo‘lmay qolgan, bu esa jamiyatda qadriyatlar va insoniy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “Bugun shunday hisob-kitoblar paydo bo‘lyaptiki, bu narsa ota-bola, aka-uka, qarindosh-urug‘ orasiga ham kirib boryapti. Kecha bunday hol yo‘q edi — oila mustahkam, jigargo‘shalik qadri baland edi. Endi esa ayrim illatlar oralab kiryapti, shakllanib boryapti”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News