
- 3
- 10.11.2025 13:40:00
- 1 min read
Ayol hakamlarimiz Oʻzbekiston Superligasida muntazam ravishda faoliyat olib borib, futbolimizda muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. 28-tur doirasida tajribali hakam Kristina Sereda OKMK – Navbahor uchrashuvida, yosh hakam Nasibabonu Toshmuhammedova esa Nasaf – Mash’al o‘yinida AVAR hakami sifatida faoliyat yuritdi.
Bugun bo’lib o‘tadigan Surxon – Sho‘rtan bahsi esa 2025-yilgi mavsum uchun tarixiy ahamiyatga ega. Uchrashuvda ilk bor ayol hakamlar yordamchi hakam sifatida ishlaydi:
Kristina Sereda va Zilola Rahmatova – yordamchi hakamlar
Gulshoda Saitqulova – zaxira hakami
Dildora Rustamova – AVAR hakami
Bu nafaqat Superligadagi hakamlik tizimida yangi bosqich, balki ayollarning sportdagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi katta qadamdir. Ayol hakamlarimizning bunday faol ishtiroki yosh avlodga motivatsiya berib, futbolimizda gender tengligini qo‘llab-quvvatlaydi.