
- 0
- 16.10.2025 14:26:00
- 1 min read
OpenAI bosh direktori Sem Altman kompaniya ChatGPT’da faqat yoshi tasdiqlangan foydalanuvchilar uchun erotik mazmundagi kontentga ruxsat berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, yangi versiya foydalanuvchining xohishiga ko‘ra insoniyroq ohangda javob beradigan bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar 2025-yil dekabr oyida, ChatGPT’da yoshni aniqlash tizimi to‘liq joriy etilgach, amalga oshiriladi. OpenAI’ning yangi siyosatiga ko‘ra, bunday kontentdan faqat 18 yoshdan oshgan, shaxsini tasdiqlagan foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. 18 yoshgacha bo‘lganlar esa avtomatik tarzda xavfsiz, senzura qilingan versiyaga yo‘naltiriladi. Biroq yurist Jenni Kim bu tizimning ishonchliligiga shubha bildirdi. Uning fikricha, OpenAI, boshqa yirik texnologik kompaniyalar kabi, “odamlarni tajriba maydoniga aylantirmoqda”.