
- 0
- 03.11.2025 10:19:00
- 1 min read
OpenAI xizmatlaridan foydalanish qoidalarini yangiladi. Endilikda ChatGPT orqali huquqiy, tibbiy, migratsiya yoki xavfsizlik bilan bog‘liq maslahatlar berish taqiqlanadi.
Shuningdek, platformadan tahdid, tuhmat, zo‘ravonlik, suitsid, terrorizm, qurol yoki qimor kabi mavzularda foydalanish ham man etildi.
Kompaniya odamlarning “shaxsiy hayoti va roziligini” himoya qilishni kuchaytirdi. Endi foydalanuvchining ruxsatisiz uning ovozi yoki tasvirini yaratish, shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish mumkin emas. Voyaga yetmaganlarga zarar yetkazuvchi yoki yoshga to‘g‘ri kelmaydigan kontentga kirish imkonini berish ham taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, OpenAI rahbari Sam Altman avvalroq ChatGPT’da kattalar uchun mo‘ljallangan ayrim materiallarga, shu jumladan erotik kontentga, yosh cheklovlari joriy etilgach, ruxsat berilishi rejalashtirilayotganini aytgandi.