
- 2
- 21.08.2026 19:45:00
- 1 min read
Qozog‘istonning Olmaota viloyati Jambil tumanida bir yoshli bolaning oyog‘i hojatxonadagi metall quvur orasida qisilib qoldi.
Ota-onasi bolani o‘zlari chiqara olmagach, qutqaruvchilarni chaqirgan. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar maxsus metall kesuvchi asbob yordamida quvurni ehtiyotkorlik bilan bir soatdan ortiq vaqt davomida kesib, bolani qutqarishgan.