Surxondaryoda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 20.10.2025 15:14:00
  • 1 min read

19-oktabr kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida Cobalt va Nexia-2 avtomobillari to‘qnashdi. Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, Cobalt haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan, natijada Nexia-2 bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda 62 yoshli erkak voqea joyida halok bo‘lgan, 66 yoshli ayol esa jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News