Har besh o‘smirdan biri internetda jinsiy zo‘ravonlikka duch kelmoqda

Har besh o‘smirdan biri internetda jinsiy zo‘ravonlikka duch kelmoqda
  • 2
  • 04.09.2026 20:11:00
  • 1 min read

UNICEF tadqiqotiga ko‘ra, 2025-yilda 12–17 yoshdagi har besh o‘smirdan biri internetda jinsiy zo‘ravonlikka duch kelgan.

Tadqiqotda 21 ta davlatdan 21 ming nafar o‘smir qatnashgan. Ularning 15 milliondan ortig‘i keraksiz jinsiy kontentga duch kelgani, 9 millionga yaqini esa bunday suhbatlarga majburlangani qayd etilgan. 4 million bolaning surati roziligisiz tarqatilgan.

Jabrlanganlarning 41 foizi bu haqda hech kimga aytmagan. Tajovuzkorlarning 57 foizi esa jabrlanuvchiga tanish bo‘lgan — ular do‘stlar, oila a’zolari yoki sevgilisi bo‘lib chiqqan.

Bunday holatlar Facebook, WhatsApp, Instagram, Snapchat, TikTok, YouTube va onlayn o‘yinlarda ham qayd etilgan.

UNICEF hukumatlar va texnologiya kompaniyalarini bolalarni internetdagi xavflardan yaxshiroq himoya qilishga chaqirdi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News