Xodimlarini majburiy paxta terimiga jalb qilgan mansabdorlar jazolandi

Xodimlarini majburiy paxta terimiga jalb qilgan mansabdorlar jazolandi
  • 2
  • 14.10.2025 13:41:00
  • 1 min read

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida hokim o‘rinbosari N. Jumaeva xodimlarni paxta terimiga jalb qilgani uchun jarimaga tortildi. Shuningdek, Buxoro shahridagi Axborot-kutubxona markazi rahbari N. Aminova ham shunga o‘xshash qonunbuzarlik uchun jazolandi. Bandlik vazirligi ma’lum qilishicha, paxta terimi mavsumida majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida muntazam nazorat o‘rnatilgan. Hozirgacha 74 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, 8 nafar mansabdor majburiy mehnatga jalb qilgani uchun jarimaga tortilgan. Bundan tashqari, 1400 nafardan ortiq terimchi bilan qonuniy mavsumiy mehnat shartnomalari tuzilgan.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News