O‘zbekistonda taklif etilayotgan oyliklar pasaydi

O‘zbekistonda taklif etilayotgan oyliklar pasaydi
  • 0
  • 08.10.2025 14:23:00
  • 1 min read

2025-yil iyul–sentabr oylarida ish beruvchilar hh.uz platformasiga 33 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni joylashtirdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 24% ko‘p. Biroq, taklif etilayotgan o‘rtacha oylik 20,2% ga kamayib, 4,36 mln so‘mni tashkil etdi. Toshkentda eng yuqori oylik — 5,08 mln so‘m, ammo bu ham 41% ga kamaygan. Eng katta o‘sish Andijon (+25%), Samarqand va Farg‘ona (+2,7%) viloyatlarida qayd etildi. Eng keskin pasayish esa Navoiy (2 baravardan ko‘p), Qarshi (-92%) va Chirchiq (-21%)da kuzatildi. Soha bo‘yicha eng yuqori oyliklar: Boshqaruv — 8,94 mln so‘m (−13,7%) Huquqshunoslik — 6,5 mln so‘m (−21%) Avtomobil biznesi — 6,48 mln so‘m Qishloq xo‘jaligi — 6,16 mln so‘m (pasaymagan yagona soha) Investitsiya va konsalting — 5,44 mln so‘m Eng past oyliklar xavfsizlik (1,59 mln so‘m), sug‘urta (2,36 mln so‘m) va uy xizmatchilari (2,4 mln so‘m) sohalarida qayd etildi. Hisobotda maoshlarning pasayishiga mavsumiy omillar, taklif tuzilmasining o‘zgarishi va ommaviy vakansiyalar ulushi oshishi sabab bo‘lgani ta’kidlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News