
- 10
- 13.10.2026 09:22:00
- 1 min read
“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi, sobiq imom Odilxon qori Ismoilov sud zalida ozod qilindi. Bu haqda Namangan viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi.
U 2026-yil iyulida o‘zlashtirish va hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Namangan viloyati sudining apellyatsiya instansiyasi ishni qayta ko‘rib chiqdi. Yetkazilgan zararning bir qismini qoplash va boshqa holatlar inobatga olinib, unga tayinlangan jazoning bir qismi shartli deb hisoblandi va 3 yil sinov muddati belgilandi.
Natijada Odilxon Ismoilov sud zalida ozodlikka chiqarildi. U 2026-yil yanvarida qamoqqa olingan edi.