
- 2
- 05.09.2026 13:45:00
- 1 min read
Avvalroq Farg‘onadagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasida akula boqilayotgani haqida xabar berilgandi. Ekologiya boshqarmasi holatni o‘rganib, ma’lumot noto‘g‘ri ekanini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” mahallasida yashovchi fuqaro akula emas, balki Siam somi — pangasius balig‘ini boqib kelgan. U akvarium balig‘i hisoblanadi.
Bu baliq tashqi ko‘rinishi akulaga o‘xshagani sababli uni ayrimlar adashib akula deb o‘ylagan. Fuqaroning aytishicha, baliqlar hozir yerto‘lada emas, uyining hovlisiga ko‘chirilgan.