
- 0
- 10.10.2025 16:41:00
- 1 min read
2025-yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Venesuela muxolifati rahbari Mariya Korina Machadoga topshirildi. U mamlakatda demokratiya va erkin saylovlar uchun kurashgani sabab e’tirof etildi. Nobel qo‘mitasi Machadoning fuqarolik huquqlarini himoya qilishdagi jasoratini yuqori baholadi. Avvalroq mukofot AQSH prezidenti Donald Trampga berilishi mumkinligi haqida taxminlar tarqalgan edi, ammo bu tasdiqlanmadi.