O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda — Saida Mirziyoyeva
  • 10
  • 19.10.2026 14:24:00
  • 1 min read

19-oktabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.
Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, suhbat davomida Rubio Samarqandning ko‘p asrlik xalqaro savdo markazi sifatidagi ahamiyatini ta’kidlagan.
Mirziyoyeva AQSH davlat kotibining O‘zbekistonga ilk tashrifi aynan Samarqandda bo‘layotgani ramziy ma’noga ega ekanini qayd etgan. Shuningdek, u O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilayotganini bildirgan. Marko Rubio boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi tarkibida 100 nafardan ortiq Amerika kompaniyalari vakillari ham bor.

#saidamirziyoyeva #registon #uzbekiston #aqsh

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News