
- 3
- 05.09.2026 15:06:00
- 1 min read
Podpolkovnik Oybek Abdukarimovich Kaimxo‘jayev Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Kaimxo‘jayev tayinlovga qadar Toshkent shahri Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, u Yashnobod tumani IIO FMB boshlig‘i etib tayinlanishidan avval mazkur boshqarma boshlig‘ining tezkor ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2021-yil iyun oyida Oybek Kaimxo‘jayev Yashnobod tumani IIO FMB boshlig‘i etib tayinlangan.
Ushbu lavozimda 2026-yil sentabriga qadar faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, yangi tayinlovga qadar Xorazm viloyati IIBga polkovnik Abdumajid Shermuhamedov rahbarlik qilgan.