
- 3
- 05.09.2026 14:39:00
- 1 min read
Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori etib tayinlandi.
Ushbu tayinlov Prezidentning tegishli qarori bilan amalga oshirildi.
Maʼlumot uchun, Abdurahmonov 1974-yil 14-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan hamda AQShdagi Kaliforniya davlat universitetida stajirovka o‘tagan. Shuningdek, Yaponiyaning Otaru tijorat universitetida magistratura, Xokkaydo universitetida esa doktoranturada o‘qigan. Mehnat faoliyati davomida u xususiy sektor, investitsiya, tashqi savdo va diplomatiya sohalarida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalgi Migratsiya agentligi direktori Behzod Anvarovich Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan edi.