
- 1
- 17.10.2025 13:48:00
- 1 min read
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 16-oktabr kuni G‘azodagi garovga olinganlarning jasadlari qaytarilishini ta’minlashini aytdi va urush hali tugamaganini e’lon qildi. “Biz barcha garovga olinganlarning jasadlari qaytarilishini ta’minlashga qat’iy qaror qildik. Urush hali tugamadi, lekin bir narsa aniq — kim bizga qo‘l ko‘tarsa, juda katta tovon to‘lashini biladi. Biz uzoq yillar davomida g‘alabani qo‘lga kiritishga qat’iy bel bog‘laganmiz”, dedi Sulh kelishuviga ko‘ra, Isroil har bir qaytarilgan isroillik qurbon uchun 15 falastinlik jasadini topshiradi. Hozirgacha 20 tirik garov va 7 jasad qaytarilgan, falastinliklar jasadi esa 90 taga yetgan. 2023-yil oktabrdan beri Isroilning G‘azoga qarshi urushida 68 mingga yaqin falastinlik halok bo‘lgan, shuningdek minglab odamlar bedarak yo‘qolgan.