
- 1
- 30.09.2025 07:55:00
- 1 min read
Ynet nashriga ko‘ra (https://www.ynetnews.com/article/hjclt2r3eg), Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlay boshlaganida 77 ta delegatsiya zalni nutq boshlanishidan oldin tark etgan yoki umuman qatnashmagan. Bu ro‘yxatga Misr, Iordaniya, Livan, Suriya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron va boshqa ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekiston ham kirgan. Ammo Bahrayn va BAA vakillari zalni tark etmay, Netanyaxuning nutqini tinglagan.
Netanyaxu minbarga chiqqan vaqti bo‘shab qolgan zal fotosuratlari xalqaro miqyosda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Eron oliy rahbari Ali Xomanai ushbu holatga Isroilni “eng nafratlanilgan va eng yakkalangan rejim” deb atadi. Turkiya prezidenti esa ”Kecha o‘sha qotil Netanyaxu BMT minbarida turib, bo‘sh o‘rinlarga qarab nutq so‘zladi. Zulm ostidagilarning dod-faryodi erta yo kech sizni quvib yetadi”, dedi.