Misr qirolichasiga tegishli 673 ta olmosli marjon Vena muzeyidan o‘g‘irlandi

Misr qirolichasiga tegishli 673 ta olmosli marjon Vena muzeyidan o‘g‘irlandi
  • 3
  • 29.08.2026 16:17:00
  • 1 min read

Avstriyaning Vena shahridagi Amaliy san’at muzeyidan Misrning sobiq qirolichasi Nazli Sabriga tegishli, 673 ta olmos bilan bezatilgan marjon o‘g‘irlandi.

Hodisa 27-avgust kuni muzey ish vaqtida sodir bo‘lgan. Ikki erkak tashrif buyuruvchi sifatida muzeyga kirib, bolg‘a yordamida marjon saqlangan shisha vitrinasini sindirgan va zargarlik buyumini olib qochgan. Hodisa vaqtida hech kim jabrlanmagan.

200 karatli platina marjon 1939-yilda qirolicha Nazli uchun tayyorlangan. U 2015-yilda Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida 4,3 million dollarga sotilgan.

Avstriya politsiyasi gumondorlarning suratlarini e’lon qilib, ularni qidirmoqda. Marjon namoyish etilgan ko‘rgazma vaqtincha yopilgan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News